• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    “Oʼzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Qonun mazmun-mohiyatini yoritish boʼyicha

    “Oʼzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Qonun (14.09.2021 y.)

    mazmun-mohiyatini yoritish boʼyicha

    АNNOTАTSIYA

    Soliq kodeksiga kiritilgan oʼzgartishga koʼra, quyidagilarga toʼlanadigan boshlangʼich yordam pulidan hamda uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad soligʼi undirilmaydi (2021 yil 1 iyundan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qoʼllaniladi):

    • olis, borish qiyin hududlardagi byudjet bakalavriat yoki magistraturani tamomlagandan 3 yilda ishga qabul qilingan xodimlarga;
    • olis va borish qiyin hududlardagi shifokorlik punktlari va poliklinikalarga, taʼlim muassasalariga ishga kirgan, boshqa hududlarda yashaydigan oliy maʼlumotli shifokorlarga va mutaxassislarga;

    Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan belgilangan dasturlarda qatnashib olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul toʼlovlaridan ham soliq undirilmaydi.

    Fuqarolar mehnat staji hisoblanishi maqsadida ishlamaydigan eri (xotini) uchun yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda soliq toʼlashi mumkin (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qoʼllaniladi).

    Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tuman Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsientda qoʼllaniladi.

    Elektromobillarni sotib oluvchilar yoki ularni Oʼzbekistonga vaqtincha olib kiradiganlar yigʼimdan ozod qilinadi (2021 yil 1 martdan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qoʼllaniladi).

    YaTTlar daromad soligʼining qatʼiy belgilangan summalarini toʼlashdan ozod qilinadi.

    Soliq kodeksiga kiritilgan oʼzgartish va qoʼshimchalarga muvofiq, 2022 yil 1 yanvargacha davrda 2020 yil 31 dekabrdagi holatga koʼra soliq qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar boʼyicha penya hisoblash choralari koʼrilmaydi:

    • turizm, transport va umumiy ovqatlanish bilan band tadbirkorlarning mol-mulk va yer soligʼi boʼyicha;
    • 2020 yilda hisoblangan va qiyinchiliklar bilan yuridik shaxslar tomonidan toʼlanmagan ularning mol-mulkiga solinadigan soliq va yer soligʼi boʼyicha;
    • 2020 yil 15 maydagi holatga koʼra qarzdorligi mavjud boʼlgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlar, penyalar va soliq toʼgʼrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʼyicha.

    2021 yil 31 dekabrgacha boʼlgan davr uchun turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) koʼrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari:

    ▪️ foyda soligʼini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari boʼyicha toʼlaydi;

    ▪️ ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi boʼyicha toʼlaydi;

    ▪️ yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʼini toʼlashdan ozod qilinadi.

    Quyidagilar mol-mulk, yer, aylanmadan olinadigan soliqni toʼlashdan, YaTTlar uchun daromad soligʼining qatʼiy belgilangan summalarini toʼlashdan ozod qilinadi:

    • Prezident qarorida Qoraqalpogʼiston Respublikasining har bir shahari va tumani uchun “oʼsish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari – 2024 yil 1 yanvargacha;
    • Qoraqalpogʼiston Respublikasining Taxtakoʼpir, Boʼzatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari – 2024 yil 1 yanvargacha. Soliq toʼlovchilarning mazkur toifasi foyda soligʼini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni belgilangan soliq stavkasidan 50 foiz pasaytirilgan soliq stavkalari boʼyicha toʼlaydi;
    • Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi tomonidan aniqlangan roʼyxat boʼyicha Qoraqalpogʼiston Respublikasida xizmatlar koʼrsatishga ixtisoslashtirilgan va ogʼir sharoitlardagi 45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subʼektlari – 2026 yil 1 yanvargacha. Tadbirkorlik subʼektlarining mazkur toifasi foyda soligʼidan ham ozod qilinadi.

    Аyrim hududlarda soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi soliq rejimi kiritildi.

    Аlohida hududlar quyidagilardan iborat:

    • Fargʼona viloyatining Soʼx tumani
    • Rishton tumanining Choʼngʼara mahallasi
    • Fargʼona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa – 2 koʼchasi

    Аyrim hududlarda soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

    • foyda va daromad soligʼi boʼyicha – 1 foiz;
    • tadbirkorlar uchun har chorakda 25 ming soʼm.

    Ijtimoiy soliq boʼyicha:

    • yuridik shaxslar uchun – 1 foiz;
    • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – yiliga BHMning kamida 1 baravari;
    • aylanmadan olinadigan soliq boʼyicha – 1 foiz (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qoʼllaniladi).

    Soliq toʼlovchi hisobga qoʼyilmagan joyda yer soligʼini, mol-mulk soligʼini yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni bunday majburiyat yuzaga kelgandan boshlab oʼn kun ichida soliq solish obyektlari haqida ular joylashgan yerda hisobga qoʼyish uchun davlat soliq xizmati organlariga murojaat qilishi kerak.

    Davlat organlari soliq solish obyektlariga oid maʼlumotlarni soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etadi.

    Аsos: OʼRQ–714-son Qonun, 14.09.2021 y.

    30.09.2021

    16:29

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06