Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasida Latviyaning Riga shahridagi Oʼzbekiston Savdo uyi rahbariyati bilan uchrashuv oʼtkazildi.
2021 yil 5 oktyabr kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasida Latviyaning Riga shahrida tashkil etilgan Oʼzbekiston Savdo uyi rahbariyati V.Galperin bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda joriy yil sentyabr oyida Latviyaning Riga shahrida tashkil etilgan Oʼzbekiston Savdo uyining faoliyatini yoʼlga qoʼyishda oʼzaro hamkorlik qilish masalalari atroflicha koʼrib chiqildi.
Jumladan, Latviyada tashkil etilgan Oʼzbekiston Savdo uyi yordamida respublikamiz hunarmandlari mahsulotlarini namoyish qilish uchun Shou-rum tashkil etish, Oʼzbekiston mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi davlatlari bozoriga kirib borishida oʼzaro hamkorlik qilish hamda mahalliy eksportbop mahsulotlarni Latviya orqali Yevropaga yetkazib berish borasida mahalliy eksporterlarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Tomonlar Yevropa Ittifoqiga oʼz mahsulotlarini eksport qilish istagidagi mahalliy tadbirkorlar roʼyxatini shakllantirish hamda ularni takliflari asosida Savo uyi orqali yevropa kompaniyalari bilan hamkorlik qilish masalasini yoʼlga qoʼyishga kelishib oldilar.
05.10.2021
18:21