Surhandaryo viloyatida Dorivor oʼsimliklar yetishtirish va xom-ashyolarini tayyorlash boʼyicha" oʼquv kursi boshlandi
Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasida Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi Dorivor oʼsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi hamkorligidagi “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida uyushmagan va ishsiz yoshlar, “Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va dorivor oʼsimliklar yetishtirish istagini bildirgan tashabbuskor subʼektlar va tomorqa yer egalari uchun moʼljallangan "Dorivor oʼsimliklar yetishtirish va xom-ashyolarini tayyorlash boʼyicha" 48 soatlik malaka oshirish oʼquv kursi boshlandi.Oʼquv kursida dorivor oʼsimliklar yetishtirish va xom ashyolarini tayyorlash bilan qiziquvchi va kelajakda oʼz malakasini oshirib, shu sohada tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi tinglovchilar ishtirok etdi.
08.10.2021
15:16