Sankt-Peterburg delegatsiyasi Sirdaryoda
Аyni kunlarda Sankt-Peterburg delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurgan.
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati hokimligida delegatsiya aʼzosi Sankt-Peterburg shahri MDH davlatlari va RF shaharlari tashqi aloqalari qoʼmitasi raisi Kassyura Yevgeniy Vladimirovich bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda viloyat hokimi oʼrinbosari Shoxrux Isakulov mehmonga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, bu kelgusida Sirdaryo viloyati hamda Sankt-Peterburg shahri oʼrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini taʼkidladi.
Yevgeniy Kassyura Sirdaryoning bugungi kundagi eksport salohiyati, hududda investorlarga yaratilayotgan sharoitlar bilan qiziqdi.
Shuningdek, Shoxrux Isakulov viloyatda keyingi besh yilda amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatning joylashuvi jihatdan turizm va investitsiyaviy loyihalarni yoʼlga qoʼyishga qulayligi, sanoat, tibbiyot, madaniyat kabi sohalarda erishilayotgan yutuqlar haqida tushuncha berdi.
Tomonlar mamlakatlarimiz oʼrtasidagi doʼstona aloqalar va hamkorlik munosabatlarining rivojlanishi davlatlar rahbarlarining qarori bilan belgilanganini taʼkidladilar.
Xususan, hamkorlikda Sirdaryo viloyatida Sankt-Peterburg savdo uyi tashkil etish, eksport mahsulotlari, ayniqsa, meva-sabzovotlarni toʼgʼridan-toʼgʼri yetkazib berishni yoʼlga qoʼyish rejalashtirildi.
11.10.2021
11:02