O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTTDning "Biznesni integratsiyalashgan holda qo'llab-quvvatlash" tashabbusi doirasida Farg’ona viloyati tadbirkorlariga texnik qurilmalar topshirildi
COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTTD tomonidan kichik biznes subyektlariga raqobatbardosh bo'lishga yordam berish, samaradorlikni oshirish va ularning o'sishiga ko'maklashish orqali biznes ko'nikmalarini o'rgatish, maslahat yordami va texnik qurilmalari ko'rinishida texnik yordam ko'rsatishni ichiga qamrab olgan "Biznesni integratsiyalashgan holda qo'llab-quvvatlash" dasturi ishga tushirildi.
Ushbu dastur doirasida tanlov natijasida saralab olingan tadbirkorlar uchun yakka tartibdagi biznes muammolarini hal qilish maqsadida strategik rejalashtirish, marketing, operatsion va moliyaviy menejment yo’nalishlari bo’yicha to'rt haftalik o'quv mashg’ulotlari va konsalting xizmatlari, shuningdek, O'zbekistonlik tajribali mutaxassislar tomonidan shaxsiy murabbiylik tashkil etildi.
Joriy yilning 2 aprel kuni Farg’ona shahrida Farg’ona viloyati tadbirkorlariga texnik qurilmalarning ikkinchi qismini topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda Savdo-sanoat palatasi bo’limi boshlig’i B. Xolboyev, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig’i A.Soliyev, BMTTD Inklyiziv bandlik bo’yicha dastur menejeri B.Bekov, hamkor tashkilotlar vakillari hamda qurilma oluvchi tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Tadbirkorlarga beg’araz yordam sifatida umumiy qiymati 880 mln so’mga teng 78 dona qurilmalar topshirildi. Ushbu tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish natijasida Farg'ona viloyatida jami 429 ta yangi ish o'rinlari yaratildi (ulardan 180 tasi ayollar va 249 tasi ayollar) zamonaviy kasb-hunarlarni o'rganishi hamda tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
11.04.2022
09:22