O‘zbekistonda steviya dorivor o‘simligini yetishtirish hamda qayta ishlashni rivojlantirish yo‘nalishida Hindiston davlati bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi va Hindiston Tadbirkorlikni rivojlantirish instituti bo‘lim boshlig‘i Dr.Sanjeev Chaturvedi hamda Hindistonning “Stevia Knowledge Group” steviya yetishtiruvchi, qayta ishlovchilar uyushmasi bosh maslahatchisi Sourabh Agarwal bilan onlayn video muloqot tashkil qilindi.
Muloqot davomida steviya va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalarning ishbilarmonlik ko‘nikmalarini oshirish va Hindiston davlati sohaga oid korxonalarning O‘zbekistonga investisiya olib kirish mavzusida suhbat olib borildi. Muloqot yakunida ikki tomonlama hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishib olindi.
13.04.2022
15:34