Mansabdor shaxslarni tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan o‘tkazilgan attestasiya komissiyalarida Savdo-sanoat palatasi vakillari ham ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 920-son qarori bilan tasdiqlangan “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan o‘tkaziladigan attestasiyada komissiya a'zolari tarkibiga Savdo-sanoat palatasi vakillari kiritilishi shartligi belgilangan.
Ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, hafta davomida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inpeksiyasi mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan o‘tkazilgan attestasiyalarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili K.Abdiraximov komissiya a'zosi sifatida ishtirok etdi.
Mazkur attestasiyalarda nazorat qiluvchi organlarning 62 nafar xodimlari suhbatdan o‘tkazildi. Shulardan 54 nafariga tekshiruv o‘tkazishga ruxsat beruvchi maxsus guvohnoma berildi, qolgan 8 nafariga maxsus guvohnoma berish rad etildi.
Eslatma: Savdo-sanoat palatasi a'zosi bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarda tadbirkor manfaatida qatnashish va jarayonni monitoring qilib borish maqsadida Palata va uning hududiy boshqarmalari vakillarini taklif etishi mumkin.
29.04.2022
16:00