O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan yana bir tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga uning a'zosi “EAST COLOR” MChJ murojaat qilib, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam so‘ragan.
“EAST COLOR” MChJ murojaati o‘rganib chiqilganda, jamiyat va “Yo‘l xarakatini tashkil etish markazi” davlat muassasi o‘rtasida maxsulot yetkazib berish to‘g‘risida shartnomasi imzolanganligi, biroq, davlat muassasi tomonidan shartnoma bo‘yicha majburiyatlar lozim darajada bajarilmaganligi natijasida jamiyat oldida 1 mlrd. so‘mga yaqin qarzdorlik vujudga kelganligi aniqlandi.
Ushbu qarzdorlikni undirish yuzasidan vujudga kelgan nizoli masalani o‘zaro tinch yo‘l bilan hal etish maqsadida, Palata tomonidan taraflar o‘rtasida sudgacha nizoni hal etish jarayoni o‘tkazilgan. Biroq, nizoni o‘zaro kelishish orqali hal etish imkoni bo‘lmaganligi sababli, Palata tomonidan o‘z a'zosi manfaatida tegishli sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilingan.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan ish mazmunan ko‘rib chiqilib, Palataning da'vo talablarini qanoatlantirish va “Yo‘l xarakatini tashkil etish markazi” davlat muassasi hisobidan jamiyat foydasiga qarzdorlik summasini undirib berish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan va, shu orqali Palata a'zosining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilingan.
07.05.2022
08:52