Xotin-qizlar huquqlari hamda ularga berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida seminar bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-may kuni Adliya vazirligida Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, xotin-qizlar huquqlari hamda ularga berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida seminar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu mavzuning mazmun-mohiyatini yetkazib berish bo‘yicha hududlarda trenerlar tayyorlash maqsadida soha mutaxassislarini jalb qilgan holda maxsus o‘quv kurs tashkil etildi.
O‘quv kursda Savdo-sanoat palatasi xodimi M.Muyitdinova ham o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ma'ruzada bugungi kunda xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatlarida yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar hamda ularning huquqiy asoslari o‘rin oldi.
18.05.2022
17:34