XV xalqaro “Ta’lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Joriy yilning 22-24 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligi hamda “Expocontact” MChJ bilan hamkorlikda “Yoshlar ijod saroyi”da XV xalqaro “Ta’lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari, xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ularning O‘zbekistondagi filiallari, xorijda ta’lim olishga ko‘maklashuvchi tashkilotlar, o‘quv kurslari hamda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar ishtirok etadilar.
Shuningdek, ko‘rgazmada Toshkent shahridagi bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar hamda respublikamizda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlar, yirik kompaniyalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar beriladi.
Mamlakatimizdagi hamda dunyodagi etakchi oliy ta’lim muassasalarida mavjud bo‘lgan kasb va mutaxassislik yo‘nalishlari bilan yoshlarni tanishtirish, kasb tanlashga ko‘maklashish, hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni targ‘ib qilish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida yoshlarga ma’lumotlar berish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
Bugungi kungacha o‘tkazilgan “Ta’lim va mutaxassislik” xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar soni qariyib 200 ming nafarni tashkil etmoqda. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarning asosiy qismini 14-25 yoshdagi yoshlar xisoblanadi.
Zamonaviy ta’lim vaqt va masofa bilan bog‘liq to‘siqlarni bartaraf etishga intilmoqda. Jumladan, Toshkent temiryo‘l transporti muxandislari instituti, Toshkent avtomobilь-yo‘l instituti, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda ko‘plab shu kabi mahalliy oliy ta’lim muassasalari qatorida Malayziya, Latviya, Polьsha, Buyuk Britaniya, Yaponiya singari davlatlarning xorijiy ta’lim dargohlari ham mazkur ko‘rgazmada faol ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmada bugungi bozor sharoitlarida eng ko‘p talabga ega bo‘lgan mutaxassisliklar bilan tanishtiruvchi o‘ziga xos ta’lim dasturlari taqdim etilgan.
Bundan tashqari, kollejlar va litseylarning bitiruvchilari, shuningdek, alohining keng qatlamlari O‘zbekiston mehnat bozoridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Aytish joizki, 4000 dan ziyod amaldagi ish o‘rinlarini taqdim etish maqsadida, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining hududiy bo‘limlari hamda boshqa ko‘plab korxonalar tomonidan yosh mutaxassislar bilan suhbatlar tashkil etiladi.
O‘zSSP Matbuot xizmati
22.09.2016
12:47