O‘zbekistondan Koreyaga mahsulotlarini eksport qilish qilish mavzusida vebinar
Hurmatli tadbirkorlar!
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2022-yil 3-iyun kuni soat 10:00 da “O‘zbekistondan Koreyaga mahsulotlarni eksport qilish” mavzusida vebinar tashkil etilmoqda.
Vebinar “ZOOM” onlayn platformasida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu vebinarda quyidagi mavzular bo‘yicha taqdimot bo‘ladi:
- Koreya bozori va ushbu davlatda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar to‘g‘risida ma'lumot;
- O‘zbekistondan Koreyaga eksportbop mahsulotlar to‘g‘risida ma'lumot;
- respublikamizdan Koreyaga eksport qilish shartlari;
- Koreyadagi xalqaro ko‘rgazmalar va ularda ishtirok etish.
Taqdimot Koreya bozorida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.
Tadbirda
- mahalliy eksportyorlar,
- eksport faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkorlar,
- ishbilarmon ayollar ishtirok etishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma'lumot uchun Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi mas'ul xodim Sardor A'zamovga +998997744594 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.
27.05.2022
19:06