• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 356 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat funksiya va xizmatlarini amalga oshirish jarayonlariga xususiy sektorni keng jalb etishni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori (ID-61400) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Loyiha 1-ilovasi 13-bandida ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylarni mukammal va joriy ta'mirlash ustidan qurilish nazoratini amalga oshirishda xususiy sektor jalb qilinishi nazarda tutilgan.

    Bunda, faqat ushbu toifadagi ob'ektlar ustidan qurilish nazoratini emas, balki barcha toifadagi ob'ektlarda qurilish nazoratini amalga oshirishni to‘liq xususiy sektorga o‘tkazish tavsiya etiladi.

    Bunday xalqaro tajriba Turkiya davlatida mavjud bo‘lib, qurilish nazoratini amalga oshirish akkreditasiyadan o‘tgan tadbirkorlik sub'ektlariga taqdim etiladi.

    2. Loyihada keltirilgan davlat funksiya va xizmatlariga qo‘shimcha ravishda quyidagi xizmatlarni ham xususiy sektorga o‘tkazish maqsadga muvofiq:

    Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyatini to‘liq xususiy sektorga - tadbirkorlik sub'ektlariga o‘tkazish.

    Hozirgi kunda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, transport vositalarining majburiy texnik ko‘rigi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari hamda tadbirkorlik sub'ektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkaziladi.

    3. Loyihada keltirilgan davlat funksiya va xizmatlariga qo‘shimcha ravishda quyidagi xizmatlarni ham xususiy sektorga o‘tkazish maqsadga muvofiq:

    o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlarini bajarish;

    o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta'minlashga doir normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish xizmatlarini to‘liq xususiy sektorga - tadbirkorlik sub'ektlariga o‘tkazish.

    “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasiga ko‘ra, ushbu xizmatlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining metrologiya xizmatlari hamda yuridik shaxslar (xususiy sub'ektlar) tomonidan ko‘rsatilishi belgilangan.

    Biroq, Qonunning ushbu moddasiga qarama-qarshi o‘laroq, Qonunning
    25-moddasi 1-qismida “O‘lchash vositalarini qiyoslash akkreditasiya qilingan davlat metrologiya xizmati hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining akkreditasiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi”, - deb belgilangan.

    Ya'ni, bunda tadbirkorlik sub'ektlari nazarda tutilmagan. Shu bois, amaliyotda tadbirkorlik sub'ektlariga mazkur norma ro‘kach qilib keltirilib, ular faoliyatiga sun'iy to‘siqlar paydo bo‘lmoqda.

    Qolaversa, bir faoliyatning ham davlat organlari tomonidan ham xususiy sektor tomonidan birdek amalga oshirilishi sohada manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarib, bunda xususiy sektor faoliyatining rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda.

    Ushbulardan kelib chiqib, yuqoridagi funksiya va xizmatlarni to‘liq tadbirkorlik sub'ektlariga berish maqsadga muvofiqdir.

    4. Shuningdek, quyidagi davlat funksiya va xizmatlarini ham xususiy sektorga o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lar edi:

    • qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlash;
    • qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash natijasiga ko‘ra sinalganligi to‘g‘risida guvohnoma berish (nav sinash);
    • turizm sohasidagi xizmatlarni sertifikatlashtirish;
    • oilaviy mehmon uylarini sertifikatlashtirish;
    • O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel' motorlari bilan jihozlangan «M2», «M3» va «N2» toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini «Evro-2» ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha shartnoma asosida ekologik sertifikatlashtirish;
    • ixtisoslashgan so‘yish korxonalari hamda hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash va realizasiya qilish bilan shug‘ullanuvchi sub'ekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasini berish;
    • bozorlarda, savdo tashkilotlarida va boshqa savdo ob'ektlarida kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni, shuningdek o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlarini realizasiya qilishda veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosasi berish;
    • sotilayotgan mahsulotning veterinariya qoida va normalari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi veterinariya xulosasini berish.

    30.05.2022

    17:18

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06