Savdo-sanoat palatasi tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya etilmoqda
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasiga palata a'zosi “GOLDEN STAR” MChJ murojaat qilib, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga nisbatan DSBning qarorlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida tegishlilik jihatidan sudga da'vo arizasini kiritishda amaliy yordam so‘ragan.
Boshqarma tomonidan jamiyatning murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib “GOLDEN STAR” MChJ manfaatida Toshkent tumanlararo ma'muriy sudiga da'vo ariza kiritilgan.
Ushbu nizo yuzasidan 2021-yil 28-dekabrda Toshkent tumanlararo ma'muriy sudi tomonidan Palataning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan kiritilgan da'vo arizasi qanoatlantirilib, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitalari tomonidan kameral soliq tekshiruvi bilan bog‘liq qabul qilingan qarorlari haqiqiy emas deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz! O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlar faoliyatidagi muammolar, qiyinchiliklar va to‘siqlarni aniqlab, ularni bartaraf etishga ko‘maklashishga hamisha tayyor.
03.06.2022
16:02