Savdo-sanoat palatasi tomonidan yana bir tadbirkorlik subyektining qonuniy manfaatlari himoya qilindi
Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining buzilayotgan huquq va manfaatlari adolatli himoya qilinishi ta'minlanmoqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasiga palata a'zosi “Wellimpex Plus” MChJ murojaat qilib, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga nisbatan nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlari talablarini buzgan holda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablag‘larini byudjetdan qaytarish yuzasidan sudga da'vo arizasini kiritishni so‘ragan.
Murojaat belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi hamda “Wellimpex Plus” MChJ manfaatida sudga da'vo ariza kiritildi. Ushbu nizo yuzasidan 2021 yil 25 oktyabrda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan “Wellimpex Plus” MChJ foydasiga jami 556 304 346 ( besh yuz ellik olti million uch yuz to‘rt ming uch qirq olti) so‘m QQS to‘lovini byudjetdan jamiyat hisobiga qaytarish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilindi.
03.06.2022
16:18