• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 376 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Loyiha oldi, xarid hujjatlari, import kontraktlari va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori (ID-56344) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Loyiha 2-bandiga ko‘ra, “Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma'muriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlarini ko‘rsatish yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z xohishiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda – YaIDXP) yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi”, - deb belgilangan.

    Bunda hamda loyiha ilovalarida mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish uchun “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda Markaz)ga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilinishi nazarda tutilgan.

    Biroq, loyihani ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoni 2-ilovasi 36-47-bandlariga ko‘ra, loyihada keltirilgan xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali ko‘rsatilishi belgilangan.

    Shu bois, loyiha va uning ilovalarida mazkur davlat xizmatlarining Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali ko‘rsatilishini nazarda tutish lozim.

    2. Loyiha 4-ilovasi 6-bandiga ko‘ra:

    “Ariza beruvchi hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun:

    agar YaIDXP yoki davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, yuridik shaxsning (davlat buyurtmachisining) ERIsi yordamida YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi. Ariza beruvchi hujjatlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ofertani to‘liq qabul qilishi (akseptlashi) lozim. Ariza beruvchi ofertani hech qanday shartlarsiz qabul qilishi (akseptlashi) arizani ro‘yxatdan o‘tkazilganligini anglatadi;

    agar Kompleks ekspertiza qilish markazi elektron axborot platformasi orqali murojaat qilganda, shartnomaga asosan elektron axborot platformasida ro‘yxatdan o‘tadi”.

    Ko‘rinib turibdiki, bunda arizachi tomonidan murojaat qilinganda ortiqcha bo‘lgan tartib-taomillar nazarda tutilgan. Ya'ni, ariza beruvchi hujjatlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ofertani to‘liq qabul qilishi (akseptlashi) lozimligi yoki shartnomaga asosan ro‘yxatdan o‘tishi belgilangan.

    Biroq, mazkur talablarning belgilanganlig asossiz. Vaholangki, amaliyotda bunga o‘xshash bo‘lgan pullik davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ma'muriy reglamentlarda ham bunday ortiqcha talablar nazarda tutilmagan.

    Ya'ni, bunday proseduralarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ariza bilan murojaat qilishning o‘zi yetarli hisoblanadi.

    Shu bois, yuqoridagi norma 2-xatboshida ofertani qabul qilish (akseptlash) bilan bog‘liq tartibni, shuningdek mazkur Xulosa 1-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, yuqoridagi normaning
    3-xatboshini chiqarib tashlash lozim.

    3. Loyiha 4-ilovasi 8-bandi ikkinchi xatboshiga ko‘ra, “Kompleks ekspertiza qilish markazi “Yangi ariza”lar kelib tushgan kundan boshlab ko‘pi bilan 7 (etti) ish kuni ichida ularni ushbu Reglamentning 7-bandida ko‘rsatilgan xujjatlarning to‘liqligi yuzasidan o‘rganadi”, - deb belgilangan.

    Biroq, bunda hujjatlarning to‘liqligini o‘rganish uchun uzoq muddat belgilangan.

    Vaholangki, 7-bandda bunday uzoq muddatda o‘rganiladigan hajmdagi hujjatlar taqdim etilishi belgilanmagan. Unda faqat investisiya loyihasining biznes-rejasi yoki texnik-iqtisodiy asosining elektron shakllari va moliyalashtirish manbalarining mavjudligini tasdiqlovchi xujjatlar nazarda tutilgan.

    Ushbu hujjatlarning to‘liqligini o‘rganib chiqish esa, uzoq vaqt talab etmaydi.

    Shu sababli, yuqoridagi normadagi “7 (etti)” so‘zlarini “2 (ikki)” so‘zlariga o‘zgartirish maqsadga muvofiq.

    4. Loyiha 4-ilovasi investorlarning erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investisiya loyihalariga doir bo‘lgan biznes-rejalar yoki texnik-iqtisodiy asoslarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini  ko‘rsatish tartibini belgilasada, biroq unda aynan ekspertizani o‘tkazish tartibi, uning natijalari bo‘yicha xulosa tuzish va uni tasdiqlash bilan bog‘liq proseduralar nazarda tutilmagan.

    Bu esa, huquqni qo‘llash amaliyotida bo‘shliqlarni keltirib chiqaradi.

    Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, loyiha 4-ilovasida ekspertizani o‘tkazish tartibi, uning natijalari bo‘yicha xulosa tuzish va uni tasdiqlash bilan bog‘liq proseduralarni, arizachiga ekspertiza natijalariga asosan rad javobini berish asoslari va tartibini belgilash lozim.

    5. Loyiha 9-ilovasi bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinadigan, O‘zbekiston Respublikasida o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatishning Ma'muriy reglamentini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

    Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-noyabrdagi 750-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinadigan, O‘zbekiston Respublikasida o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.

    Loyiha 9-ilovasida esa, mazkur Nizom normalari qayta aynan takrorlanmoqda.

    Bunda, qonunchilik hujjatlarining bir-birini takrorlashiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, loyihani Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-noyabrdagi 750-son qarorini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish bo‘yicha band bilan to‘ldirish lozim.

    6. Loyiha 9-ilovasi 6-bandiga ko‘ra:

    “Ariza beruvchi o‘xshash texnologik asbob-uskunaning ishlab chiqarilishi respublikada mavjudligi/mavjud emasligini ekspertizadan o‘tkazish uchun:

    agar YaIDXP yoki davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, yuridik shaxsning (davlat buyurtmachisining) ERIsi yordamida YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi. Ariza beruvchi kompleks ekspertizadan o‘tkazish davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ofertani to‘liq qabul qilishi (akseptlashi) lozim. Ariza beruvchi ofertani hech qanday shartlarsiz qabul qilishi (akseptlashi) arizani ro‘yxatdan o‘tkazilganligini anglatadi;

    agar Kompleks ekspertiza qilish markazi elektron axborot platformasi orqali murojaat qilganda, bepul asosda ko‘rsatiladigan kompleks ekspertiza turi bo‘lsa, ariza bilan yoki pulli asosda ko‘rsatiladigan kompleks ekspertiza turi bo‘lsa, shartnomaga asosan elektron axborot platformasida ro‘yxatdan o‘tadi”.

    Mazkur normada Kompleks ekspertiza qilish pulli asosda amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

    Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-noyabrdagi 750-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi Nizomning 5-bandida Markaz tomonidan ekspertiza o‘tkazganlik uchun to‘lov undirilmaydi, deb belgilangan.

    Shu bois hamda mazkur Xulosa 2-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, yuqoridagi norma 2-xatboshida ofertani qabul qilish (akseptlash) bilan bog‘liq tartibni, shuningdek mazkur normaning 3-xatboshini chiqarib tashlash lozim.

    7. Loyiha 9-ilovasi 7-bandi “a” kichik bandi oltinchi xatboshiga ko‘ra, texnologik asbob-uskunani Ro‘yxatga kiritish uchun ekspertiza o‘tkazilganda texnologik asbob-uskunaning TIF TN kodini aniqlash bo‘yicha ekspertiza xulosasi nusxasini ariza beruvchi tomonidan taqdim etilishi belgilangan.

    Biroq, yuqorida keltirilgan amaldagi Nizomda bunday hujjatni talab qilish nazarda tutilmagan.

    Bundan ko‘rinadiki, mazkur norma bilan amaldagi tartibni og‘irlashtirish, ariza beruvchilardan ortiqcha hujjatlarni talab qilish belgilanmoqda.

    Bu esa, biznes uchun ma'muriy yukning ortishi va asossiz byurokratik to‘siqlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

    Shu bois, loyiha 9-ilovasi 7-bandi “a” kichik bandidan oltinchi xatboshini chiqarib tashlash zarur.

    8. Loyiha 9-ilovasi 11-bandiga ko‘ra, “Chetdan olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘xshash texnologik asbob-uskuna ishlab chiqarilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjudligi/mavjud emasligini aniqlash maqsadida kompleks ekspertizadan o‘tkazish davomida zaruratga ko‘ra qo‘shimcha ma'lumotlar so‘ralishi mumkin”, - deb belgilangan.

    Ta'kidlash lozimki, bu kabi norma amaldagi Nizomda nazarda tutilmagan.

    Loyihada bu kabi normalarni keltirish, ariza beruvchidan tugal bo‘lmagan ma'lumotlarni talab qilinishini nazarda tutish birinchi navbatda, byurokratik to‘siq va korrupsiya holatlariga sharoit yaratib beradigan holat sifatida baholanishi lozim.

    Chunki, ariza beruvchidan qo‘shimcha ma'lumotlarning so‘ralishi va bunday ma'lumotlarning cheklanmasligi inson faktorini yuzaga keltirib, har qanday suiiste'molliklarga olib kelishi aniq.

    Shu bois, loyiha 9-ilovasi 11-bandini chiqarib tashlash lozim.

    Mazkur Xulosa 4-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, loyiha 9-ilovasida ham ekspertizani o‘tkazish tartibi, uning natijalari bo‘yicha xulosa tuzish va uni tasdiqlash bilan bog‘liq proseduralarni, arizachiga ekspertiza natijalariga asosan rad javobini berish asoslari va tartibini belgilash lozim.

    9. Loyiha 9-ilovasi 18-bandiga ko‘ra, “Kelishish natijalari bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar tegishli qaror loyihasi sifatida rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi”, - deb belgilangan.

    Biroq, bunda tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish muddati belgilanmagan.

    Bu esa, amaliyotda bunday qaror loyihasini rasmiylashtirishni asossiz cho‘zilib ketishiga olib kelishi mumkin.

    Shu bois, loyiha 9-ilovasida tegishli qaror loyihasini rasmiylashtirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritishning aniq muddatini belgilash zarur.

     

    06.06.2022

    12:52

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06