Oʼzbekiston va Turkiya ishbilarmonlar biznes forumi
Oʼzbekiston Respublikasiga Turkiyaning mustaqil ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uyushmasi “MUSIAD” bosh raisi Maxmut Аsmali boshchiligida turli soxalarda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar delegatsiyasi tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif doirasida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “MUSIAD” uyushmasi hamkorligida, joriy yil 22 sentyabr kuni “Radisson Blu Hotel” mehmonxonasining konferents-zalida, Oʼzbekiston va Turkiya ishbilarmonlar ishtirokida biznes-forum va “В2В” formatidagi ikki tomonlama muzokaralar oʼtkazildi.
Ushbu tashrifdan maqsad – qurilish sanoati, qishloq xoʼjaligi, oziq-ovqat, neft va metallurgiya, goʼsht va sut mahsulotlari, shamol va quyosh energiyasi, transport va logistika sohalarida muzokaralar olib borishdir.
Tadbirni Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʼrinbosari I.Jasimov, “MUSIAD” bosh raisi Maxmut Аsmali, “MUSIAD” Oʼzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Serdar Kelebek hamda Turkiyaning Oʼzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar hamda kirish soʼzi bilan ochib berdi.
Maʼlumot oʼrnida, 1990 yilda tashkil etilgan “MUSIAD” tashkilotining asosiy vazifasi xususiy sektor vakillariga samarali va jadal rivojlanish uchun qulay sharoitlar yaratishga koʼmaklashishdan iborat. Аyni paytda assotsiatsiya 12 mingdan ortiq aʼzoni oʼz ichiga oladi. “MUSIAD”ning Turkiyada 83 ta filiali va 81 ta davlatda vakolatxonasi mavjud.
Forum davomida Turkiya tadbirkorlari Oʼzbekistonda investitsion muhitni yanada yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi «B2B» uchrashuvida Oʼzbekiston va Turkiya oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, jumladan, ikki mamlakat korxonalarining hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish boʼyicha oʼzaro fikr almashildi.
Unda mamlakatimizda faoliyat yurituvchi 150 ga yaqin tadbirkorlik subʼektlari ishtirok etdi. Muzokaralarda Oʼzbekiston-Turkiya savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, Oʼzbekiston va Turkiya korxonalari oʼrtasida sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish boʼyicha fikr almashish masalalari xam muhokama qilindi.
2022 yil yanvar-iyul oylarida Oʼzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʼrtasidagi oʼzaro tovar savdo aylanmasi 1 989,4 mln. АQSh dollarni tashkil etgan bundan: eksport 1 024,4 mln. АQSh dollar, import 965 mln. АQSh dollar.
Shu oʼrinda aytish joizki, 2018 yilda Oʼzbekistonga boʼlgan davlat tashrifi davomida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va “MUSIAD” tashkiloti oʼrtasida hamkorlik bitimi imzolangan boʼlib, 2022 yil 21 sentyabr kuni “MUSIAD”ning Toshkent shahridagi 82-vakolatxonasining tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.
SSP Matbuot xizmati
22.09.2022
16:58