Turkiya savdo vazirligi vakillari bilan uchrashuv
Joriy yilning 11 oktabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida SSP raisi Davron Vaxabov va Turkiya Respublikasi savdo vaziri o‘rinbosari Volkan Ag‘ar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, mamlakatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari, xususan, Turkiya va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbek-turk munosobatlarining keng qamrovli strategik sheriklik darajasida ekanligidan kelib chiqib, SSP Raisi D.Vaxabov savdo va investitsiya sohasida salmoqli natijalarga erishish uchun tayyor investitsiya loyihalarni, shuningdek, aniq takliflari bo‘lgan korxona va tashkilotlarni topishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar rejalashtirilgan tadbirlar va loyihalar to‘g‘risida ham o‘zaro fikr almashdilar.
SSP matbuot xizmati
11.10.2022
17:17