Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti soddalashtirildi
Prezidentning 09.11.2022 yildagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishda mulkiy huquqlar daхlsizligini ta’minlash hamda shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-417-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 2022 yil 24 avgustdagi "Mulk huquqining daхlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, хususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-198-son Farmoniga muvofiq:
2022 yil 10 noyabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga oldindan toʻlov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport shartnomasini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqi beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.11.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova
11.11.2022
16:48