• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2022 yil davomida tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar

    O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 2022 yil davomida Palata faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, xususan Palata to‘g‘risidagi qonun, Prezident Farmon va qarorlari, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq o‘ziga yuklatilgan vazifalar va berilgan vakolatlardan kelib chiqqan holda faoliyat olib bordi.

    Taʼkidlab o‘tish lozimki, 2022 yilda ham Savdo-sanoat palatasi faoliyatida, ham tadbirkorlik subyektlari faoliyatida alohida eʼtirof etiladigan yil bo‘ldi.

    Shu jumladan, ishbilarmonlik muhitiga taʼsir qiluvchi asosiy faktor bo‘lgan tegishli qonunlar va meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi.

    Respublikamizda qabul qilinishi ko‘zda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash to‘g‘risidagi xulosani berish bo‘yicha vakolatli organ sifatida hisobot davri davomida quyidagi ishlarni amalga oshirdi:

    Hisobot davrida Palata aʼzolari hisoblangan tadbirkorlik subyektlari manfaatida sudlarga umumiy qiymati 56 trln. so‘mdan ortiq 523 487 ta daʼvo arizalari kiritildi.

    Shuningdek, 3 675 ta holatda ikkala tomon ham Palata aʼzolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining nizolari sudgacha muhokama (mediatsiya) jarayonlarida hal etildi.

    Jami 918 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari, shundan qonun hujjatlari 137 ta, Prezident farmon va qarorlari 225 ta, hukumat qarorlari 385 ta va boshqa 171 ta hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi.

    Shu bilan birga, jami 11 ta loyihalar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati rivojiga to‘sqinlik qiluvchi yoki cheklovchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni bekor qilish zaruriyati to‘g‘risida tavsiyalar bayon etilgan xulosa tayyorlandi hamda qonunchilik va ijro etish hokimiyati organlariga taqdim etildi.

    Palata Ijroiya qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari huzuridagi 15 ta hakamlik sudlari tomonidan umumiy qiymati 4,06 trln. so‘mlik 1,9 mingga yaqin ishlar ko‘rib chiqildi.

    Palata tomonidan 2022 yil davomida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ular duch kelayotgan muammoli masalalarni o‘rganish maqsadida bir nechta so‘rovnomalar o‘tkazildi.        

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 noyabrdagi 920-sonli qarori 8-bandiga asosan hisobot davrida 31 ta nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslariga tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan o‘tkazilgan attestatsiya komissiyalarida Palata vakillari ishtirok etdi.

    Mazkur attestatsiyalarda nazorat qiluvchi organlarning jami 768 nafar xodimlari suhbatdan o‘tkazildi. Shulardan 521 nafariga maxsus guvohnoma berildi, 247 nafariga maxsus guvohnoma berish rad etildi.

    2022 yil mobaynida Palata tizimiga jami 25 728 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 20 363 tasi Palataning viloyat hududiy boshqarmalari va joylardagi tuzilmalariga 5 365 tasi Palataning Ijroiya qo‘mitasiga kelib tushgan.

    Taʼkidlash lozimki, Palataning hududiy boshqarmalarida tadbirkorlarni bevosita qabul qilish ishlariga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda va tizimli ravishda tadbirkorlarning muammolarini hal etish choralari ko‘rilmoqda.

    Jumladan, Palata Ijroiya qo‘mitasi va hududiy boshqarmalarida jami 2 503 nafar murojaatchi qabul qilingan. Shundan, 2 001 nafari hududiy boshqarmalar va markazlar tomonidan qabullarda ishtirok etgan bo‘lsa, Palata raisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan 502 nafar tadbirkor qabul qilinib, o‘rnatilgan tartibda amaliy ko‘mak berish choralari ko‘rib chiqildi.

     

    Tadbirkorlar uchun yanada qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni yaratish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylik, ochiqlik va oshkoralikka asoslangan korrupsiyaga qarshi tamoyillar asosida yuritish, shuningdek, davlat hokimiyati organlari va xususiy sektor oʻrtasidagi munosabatlarda korrupsiyaga chek qoʻyish va oldini olish tizimini joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Biznes-ombudsmani bilan hamkorlikda  “Oʻzbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi Xartiyasi” ishlab chiqilgan.

    Xartiyaga qoʻshilish va Xartiya aʼzolarining yagona reestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqildi hamda Palata, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Biznes-ombudsmanning qoʻshma qarori bilan tasdiqlandi (xususan, Biznesning antikorrupsion xartiyalari Fransiya, AQSH, Rossiya, Qozogʻiston davlatlarida mavjud).

    “Biznesning korrupsiyaga qarshi Xartiyasi”bu ishbilarmon doira vakillari tomonidan oʻz faoliyatida korrupsion amaliyotni cheklashni joriy etishga qaratilgan hujjat. Xartiyaga qoʻshilgan tadbirkorlar korrupsiyaga nisbatan oʻz toqatsizligini tasdiqlaydi.

    Ushbu Xartiya tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning qoʻshimcha mexanizmlarini joriy etish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarining ixtiyoriy ravishda majburiyatlarni amalga oshirishini belgilab beradi.

    Palata qoshida Biznes-ombudsman va Agentlik vakillaridan iborat Biznesning korrupsiyaga qarshi Xartiyasi bo’yicha “Maxsus komissiya” tashkil etilib, 2022 yilda “Maxsus komissiya”ning 5 marta yigʻilishi oʻtkazildi.

    Ushbu yigʻilishlarda tadbirkorlardan Xartiyaga aʼzo boʻlish uchun kelib tushgan bildirishnomalar koʻrib chiqildi va 265 ta tadbirkorlik subyekti Xartiyaga qabul qilindi.

    2022 yil 29 noyabr kuni oʻtkazilgan Biznes forumda Xartiyaga aʻzo boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga maxsus sertifikatlar topshirildi. Hozirgi kunda hududlarda Savdo-sanoat palatasi xodimlari tomonidan biznesda korrupsiyaga qarshi kurashish usullari va yoʻllari, korrupsiyaning tadbirkorlik faoliyatiga salbiy taʻsiri haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda va Xartiyaga aʻzo boʻlish targʻib etilmoqda.

    Bu esa, oʻz navbatida, Xartiya aʻzolari sonini ortishiga hamda biznesda korrupsiyaga qarshi kurashishga xizmat qiladi.

    SSP matbuot xizmati

     

     

     

    10.01.2023

    14:25

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06