Palata tomonidan 2022-yil davomida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida amalga oshirilgan ishlar
Kichik biznes loyihalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlarni o‘qitish, malakasini oshirish va ish uslubini takomillashtirish maqsadida qiymati 20 mln. AQSH dollari bo‘lgan 10 ta xorijiy texnik ko‘mak loyihalari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistondagi ko‘rgazmalar: O‘zbekistonda o‘tkazilgan 68 ta ko‘rgazma tadbirlarida 2 ming nafarga yaqin mahalliy va chet ellik tadbirkorlar ishtirok etib, ularga 8 ming nafardan ortiq aholi vakillari tashrif buyurgan.
Xorijiy mamlakatlarda tashkil qilingan 18 ta ko‘rgazma va yarmarkalarda (Germaniya, Rossiya, Turkiya, Vengriya, Italiya, Hindiston, Koreya va boshqalar) 198 nafar mahalliy tadbirkorlarning o‘tkazilgan ishtiroki taʼminlandi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasiga ko‘ra, 350 dan ortiq mahalliy korxonaga umumiy qiymati 366 mln. AQSH dollariga teng mahsulotni eksport qilishda yordam ko‘rsatildi.
Hisobot darida chet el kapitali ishtirokida 74 ta qo‘shma korxonani tashkil etishda yordam ko‘rsatildi, shuningdek 987 nafar tadbirkorlik subyektlariga 739,6 mln. AQSH dollari qiymatidagi asbob-uskunalarni xarid qilishga ko‘maklashildi.
SSP matbuot xizmati
12.01.2023
11:17