Qaror mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda
Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi binosida 2023 yilning 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 yanvardagi “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 15-sonli Qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Palata ijroiya qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Gʻ.Usmanov va boshqarmaning barcha xodimlari hamda tadbirkorlikka ko‘maklashish markazining tuman bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdi.
SSP matbuot xizmati
30.01.2023
12:30