“Agro-Pack Turkmenistan-2023”
Hurmatli tadbirkorlar!
O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi sizni 28-30 noyabr kunlari Ashxobod shahridagi Turkmaniston Savdo-sanoat palatasining ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro “Agro-Pack Turkmenistan-2023” zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalari ko‘rgazmasi va ilmiy konferensiyasida ishtirok etishga taklif qiladi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad agrosanoat kompleksi va qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan yutuqlarni namoyish etishdan iborat.
Ko'rgazmaning tematik bo'limlari:
- Qadoqlash uskunalari va materiallari
- Mehmondo'stlik sanoati va novvoyxona jihozlari
- Don saqlash va tegirmonlar
- Qishloq xo'jaligi mahsulotlari, urug'lar, o'g'itlar va dorivor o'simliklar
- Oziq-ovqat va ichimliklarni qayta ishlash uskunalari
- Oziq-ovqatlar va qo'shimchalar
- Issiqxonalar, ko'chatlar va bog'dorchilik
- Chorvachilik va parrandachilik fermalari
- Irrigatsiya tizimi
Ko'rgazma haqida batafsil ma'lumot: www.agro-pack.com
Tashkiliy qo‘mita ko‘rgazma ishtirokchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor va barcha savollar bo‘yicha quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +99899 444 44 96
03.02.2023
09:53