“F-Istanbul - 2023” – Xalqaro oziq-ovqat, qadoqlash va uskunalar ko‘rgazmasi
Hurmatli tadbirkorlar!
Savdo-sanoat palatasi sizni “F-Istanbul -2023” oziq-ovqat, qadoqlash va uskunalar xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qiladi.
Ko‘rgazma 2023-yil 12-13-14-iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahridagi Istanbul Expo Center, Yeşilköy ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tadi.
Ko'rgazmaning tematik bo'limlari:
- Qadoqlash uskunalari va materiallari.
- Qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar.
- Oziq-ovqat va ichimliklarni qayta ishlash uchun uskunalar.
- Oziq-ovqat va qo‘shimchalar.
- Do'konlar, Ichimliklar, Urug'lar, Pistalar, Quritilgan mevalar.
- Sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar.
- Kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar.
Koʼrgazma haqida batafsil maʼlumot: www.f-istanbul.com
Tashkiliy qo‘mita ko‘rgazma ishtirokchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor va barcha savollar bo‘yicha quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +99899 444 44 96
03.02.2023
10:03