TADBIRKORLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston va Ozarbayjon davlatlari savdo va investitsiyaviy aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida joriy yil 24 fevral kuni Toshkent shahrining "International Hotel Tashkent" mehmonxonasi “Amir Temur” anjumanlar zalida ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida biznes-forum va “B2B” formatidagi uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur forumda iqtisodiyotning quyidagi 12 ta tarmog'ida faoliyat yuritayotgan korxonalar ishtiroki kutilmoqda:
- Oziq-ovqat
- Qishloq xo‘jaligi
- Eshik ishlab chiqarish
- Logistika
- Farmatsevtika
- Neft va kon
- Axborot-texnologiyalari
- Kimyo
- Metallurgiya
- To‘qimachilik
- Tayyor kiyim-kechak
- Qurilish materiallari
2022 yilda Ozarbayjonning import hajmi $15,5 milliardga yetdi va uning asosiy tarkibini asbob-uskunalar, elektr jihozlari, plastmassa, farmasevtika, tayyor kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste'moli mollari va boshqa tovarlar tashkil etdi.
Ushbu biznes-forumda ishtirok etish istagini bildirgan korxonalar ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +998 78 150 60 06
17.02.2023
16:55