Misr sanoat federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
16-fevral kuni Davron Vaxabov Misr sanoat federatsiyasi (FEI) rahbariyati bilan uchrashdi va Misr Savdo-sanoat palatalari federatsiyasiga (FEDCOC) tashrif buyurdi.
Uchrashuvda qoʻshma korxonalar tashkil etish orqali tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish boʻyicha qator masalalar muhokama qilindi.
Misr Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi bosh kotibi Alaa Ez bilan boʻlib oʻtgan muzokaralarda Oʻzbekiston-Misr ishbilarmonlar kengashini tashkil etish, shuningdek, Biznes-forumga ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.
SSP matbuot xizmati
20.02.2023
09:57