• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 sentyabrdagi majlisi Bayonnomasiga oid turizmni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar rejasidagi 13-bandni ijro etish maqsadida, 2016 yilning 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari: mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

        

    Tadbirning asosiy maqsadi turizm sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari, mavjud muammolarni muhokama qilish va sayyohlik sektorini rivojlantirishga oid aniq takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

    Davra suhbatiga vazirliklar, idoralar, sayyohlik firmalari, mehmonxona va restoran biznesida band bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari, shuningdek, tarmoqning etakchi ekspertlari taklif etildi.

    Davra suxbatida turizm soxasini rivojlantirish bilan bir qatorda 2016 yil 5 oktyabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmonining mazmun moxiyati va unda belgilangan 42 ta kompleks chora tadbirlar dasturi bandlariga aloxida to‘xtalib, fikr va muloxazalar bildirildi. Mazkur Farmon o‘z navbatida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan isloxotlarni yanada yangi bosqichga olib chiqish hamda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda katta axamiyatga ega bo‘lgan tarixiy xuquqiy xujjatdir.

        

    So‘nggi o‘n yillik ichida milliy va xalqaro sayyohlik bozorlarida raqobat kurashining kuchayishi turizm sohasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatiga aylandi. Hozirda turizm sohasida chet ellik sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va echimlar faol joriy etilib, sayyohlik hududlarini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar tobora ko‘proq qo‘llanmoqda.

    Qayd etish kerakki, sayyohlik biznesi – yuqori o‘sish salohiyatiga ega bo‘lgan jadal va daromadli tarmoqdir. Jahon turizm tashkilotining (YuNVTO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda 300 mln.dan ziyod odam yoki jahondagi umumiy bandlik ko‘rsatkichining 7 foizi turizm sohasida band bo‘lgan. Shu bilan birga, butunjahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizi, umumiy investitsiyalar hajmining 35 foizi, xalqaro iste’mol harajatlarining 30 foizi, barcha soliq tushumlarining 15 foizi, butunjahon xizmatlar eksporti hajmining 30 foizi hamda rivojlanayotgan davlatlardagi iqtisodiy faoliyatning 45 foizi turizm ulushiga to‘g‘ri keladi.

        

    Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi eng iqtisodiy barqaror va xavfsiz hududlar sirasiga kirib, salohiyatli investorlar uchun katta investitsiyaviy jozibadorlik kasb etadi. Respublikaning salmoqli tabiiy, madaniy-tarixiy, moddiy-texnik, kadrlarga oid, innovatsion va infratuzilmaviy salohiyati bir qator istiqbolli sayyohlik yo‘nalishlarini rivojlantirish imkonini beradi.

    Bundan tashqari, O‘zbekistondagi sayyohlik sohasiga sport turizmi, tog‘-chang‘i turizmi, mamlakatning arxeologik va diniy tarixiga oid ma’rifiy sayohatlar kabi faol hordiq chiqarish turlarini kiritish mumkin.

    Hattoki, sanoat sohasida etakchi hisoblangan davlatlar ham bugungi kunda turli sayyohlik yo‘nalishlarini rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bunda asosiysi sayohatchilarni jalb etishning asosiy mezoni sifatida mamlakatning o‘ziga xosligi alohida ahamiyatga ega. Bu sohada O‘zbekiston qator ustuvorliklarga ega. Jumladan, turli davr va tamaddunlarga mansub bo‘lgan 7 mingdan ziyod moddiy va ma’naviy ob’ektlar, Samarqand, Xiva, Buxoro, Shaxrisabz singari qadimiy shaharlar ham shular jumlasidandir.

    Darhaqiqat, respublikamizda xalqaro standartlarga javob bera oladigan to‘laqonli milliy turizm sektori shakllangan. O‘zbekistonda turizm sohasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylanishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud, chunki mazkur sektor yangi ish o‘rinlari yaratilishi, aholi farovonligini oshirish va albatta, valyuta hamda soliq tushumlarining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.

    Shu bilan birga, respublikada sayyohlik xizmatlarining jadal rivojlanishi, mamlakat turizm sohasining ham Markaziy Osiyo, ham butun jahonda mustahkamlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammolar mavjud.

    Bugun turizm sohasi O‘zbekistonda jami xizmatlar sohasi rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchiga aylanishi, mamlakat iqtisodiyotiga valyuta tushumlarining salmoqli darajada oshishiga xizmat qilishi, shuningdek, respublika yoshlari uchun minglab ish o‘rinlarini yaratib beradigan yangi korxonalar tashkil etilishini ta’minlashi mumkin.

    O‘zSSP Matbuot xizmati

    11.10.2016

    14:21

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06