O‘zbekiston-Estoniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 28-mart kuni “Lotte City Hotel” mehmonxonasida O‘zbekiston-Estoniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki mamlakat taʼlim, IT, logistika, ishlab chiqarish va distribyutorlik sohalari vakillari ishtirok etdi.
Estoniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tomas Tirs Estoniya ishbilarmon doiralari tomonidan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning turli yo‘nalishlarida o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlikka qiziqish ortib borayotganini taʼkidladi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari logistika va transport, ta’lim va AKT sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni bildirdi.
Biznes-forum yakunida O‘zbekiston va Estoniyaning yetakchi kompaniyalari o‘rtasida В2В formatidagi uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar qo‘shma korxonalar tashkil etish va o‘zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish masalalarini mazmunli muhokama qildi.
SSP matbuot xizmati
28.03.2023
20:08