Investitsion loyiha muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida 5-aprel kuni “Qingdao Wanlin Kangyang Industry Group Co., Ltd” kompaniyasi delegatsiyasi bilan “Wanlin Group” oziq-ovqat va logistika sanoati uchun sanoat parkini yaratish loyihasi muhokama qilindi.
Uchrashuvda turli davlatlarga eksport qilinadigan ekishdan tortib tayyor mahsulotgacha boʻlgan toʻliq piyoz yetishtirish liniyasini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xitoy tomonining maʼlum qilishicha, ushbu loyihaga 5 yil ichida 100 million AQSH dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoya kiritiladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Sirdaryo viloyatida pilot loyiha doirasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldi.
SSP matbuot xizmati
05.04.2023
17:49