Savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni yumshatish rejalashtirilmoqda
"Tadbirkorlik subyektlari tomonidan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik maʼmuriy yurisdiksiyaga o‘tkazilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Loyihaga muvofiq, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdorda (BHMning 500 baravari) buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik o‘rnatish taklif etilmoqda.
Jazo tariqasida quyidagi miqdorlarda jarima belgilash nazarda tutilmoqda:
- fuqarolarga -BHMning 200 baravari;
- mansabdor shaxslarga – BHMning 300 baravari.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
07.04.2023
16:40