Qaysi hududlarda kichik tadbirkorlik subyektlari ko‘proq faoliyat yuritadi?
Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023 yilning 1 aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 420 759 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 215 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlariga ega hududlar:
Toshkent shahrida – 82 237 ta
Toshkent viloyatida – 38 665 ta
Samarqand viloyatida – 37 862 ta
Farg‘ona viloyatida – 36 143 ta
Qashqadaryo viloyatida – 32 688 ta
Andijon viloyatida – 27 230 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni:
Savdo sohasida – 151 761 ta
Sanoat sohasida – 74 713 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 41 426 ta
Qurilish sohasida – 34 772 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 27 785 ta
18.04.2023
16:09