O‘zbekiston-Germaniya ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilindi
Oʻzbekiston SSP delegatsiyasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekistondagi Saksoniya iqtisodiyoti taʼlim markazi (BSW) loyihasi doirasida Germaniyada boʻlib turibdi.
Sayohatdan koʻzlangan asosiy maqsad Germaniya tashkilotlarining kasb-hunar taʼlimi, dual taʼlim, tadbirkorlar va texnik mutaxassislar malakasini oshirish hamda xalqaro hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha faoliyati bilan tanishishdir.
Tashrif doirasida 17-aprel kuni Germaniya Savdo-sanoat palatalari uyushmasi (DIHK) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Qayd etish joizki, Germaniya Savdo-sanoat palatalari uyushmasi (DIHK) faoliyati butun Germaniya iqtisodiyotini qamrab oladi va uning koʻp sonli aʼzolari sanoat, savdo, xizmat koʻrsatish va korporatsiyalardan iborat 79 ta savdo-sanoat palatalari (IHK) hisoblanadi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmonlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
SSP matbuot xizmati
19.04.2023
12:41