Germaniya hunarmandchiligi markaziy uyushmasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 18 aprel kuni SSP delegatsiyasining “Institutsional rivojlanish” loyihasi boʻyicha tashrifi doirasida Berlin shahrida Germaniya hunarmandchiligi markaziy uyushmasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Nemis hunarmandchiligi markaziy uyushmasi hunarmandchilik sohasiga kiruvchi 130 ta kasbni (qurilish, elektrotexnika va metallga ishlov berish, yogʻoch va plastmassa buyumlar, kiyim-kechak, toʻqimachilik, oziq-ovqat hunarmandchiligi, sogʻliqni saqlash sohasi, kimyo sanoati, tozalash va boshqalar) oʻz ichiga oladi. Odatda bu kichik va oʻrta korxonalardir. Shu bilan birga, hunarmandlar soni 1 millionni tashkil etadi va ular uyushmaga aʼzo hisoblanadi.
Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad nemis hunarmandchiligi markaziy uyushmasi, xususan, kasb-hunar taʼlimining dual tizimi yoʻnalishidagi faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat.
Uchrashuv yakunida joriy yilning sentyabr oyida tajriba almashish va oʻzaro hamkorlik uchun Germaniya hunarmandchiligi markaziy uyushmasi vakillarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
SSP matbuot xizmati
19.04.2023
12:58