O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Joriy yilning 19 aprel kuni Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasining “Shandong Port Group” kompaniyasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmon doiralari o‘rtasida transport-logistika sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi va “Shandong Port Group” kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda Shandun provinsiyasining yirik portlari rahbarlari, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston iqtisodiyot assambleyasi, Toshkent shahar hokimligi va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida “Shandong Port Group” kompaniyasining Xitoyning Shandon viloyatidagi dengiz portlari salohiyati to'g'risida yurtimiz tadbirkorlari uchun taqdimot bo'lib o'tdi.
Shandun port guruhi 2019 yil avgust oyida Shandun provinsiyasining asosiy portlari: Sindao, Jichjao, Yantay i gruppы portov Boxay port guruhini birlashtirish orqali tashkil etilgan. Xolding 12 biznes segmentida faoliyat yuritadi: yuk tashish, savdo, logistika, ilmiy-texnik taraqqiyot, asbob-uskunalar ishlab chiqarish, xorijda rivojlanish, investitsiyalarni boshqarish, port qurilishi, shahar va sanoat integratsiyasi, kruizlar, madaniyat va turizm, kasb-hunar taʼlim i va sog‘liqni saqlash.
2022-yil oxirida guruh terminallarining o‘tkazish quvvati 1,6 milliard tonna yukga yetdi, konteynerlarni tashish hajmi esa 37 million TEU dan oshdi. Kompaniyaning 21 ta yirik port hududi, 360 ta ishlab chiqarish joylari va 320 dan ortiq konteyner tashish yo‘nalishlari mavjud. Bosh qarorgohi Sindao shahrida joylashgan bo‘lib, guruh xodimlari soni 60 ming kishidan oshadi.
Tadbirda O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati va tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, iqtisodiy erkinlik yaratish va tadbirkorlikni huquqiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar, respublikamizning turizm salohiyati, logistika va transport sohalarida Xitoy bilan hamkorlik istiqbollari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, forum ishtirokchilari eʼtiboriga Shandun portlari va O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati to‘g‘risida taqdimot va videoroliklar namoyish etildi.
Bundan tashqari, biznes-forum doirasida B2B muzokaralari ham bo‘lib o‘tdi, unda tadbirkor va investorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, manfaatlar kesishgan nuqtalarni topish va logistika sohasida yangi istiqbolli loyihalarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Taʼkidlash joizki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 2017-yilda 4,8 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda 8,9 milliard AQSH dollariga yetdi va shu orqali 185 foizga o‘sdi. Jumladan, eksport hajmi 23,4 foizni, import hajmi esa 134,7 foizni tashkil etdi.
SSP matbuot xizmati
20.04.2023
10:08