Oʻzbekiston SSP delegatsiyasining Leyptsig ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi uchun Germaniyaning Leypsig shahri Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishbilarmon doiralar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Leypsig Germaniyaning sanoat markazi hisoblanadi. Bu yerda BMW, Volkswagen va Porsche 3 ta asosiy zavodidan tashqari yana 760 ta korxona mavjud. Korxonalarning asosiy yoʻnalishlari bu mashinasozlik, logistika, sogʻliqni saqlash, energetika, ijodiy iqtisodiyot va boshqalar.
Uchrashuvda Oʻzbekiston delegatsiyasi nemis tadbirkorlarini Savdo-sanoat palatasi faoliyati, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati va investitsiyaviy muhiti bilan yaqindan tanishtirdi.
Shu bilan birga, nemis tadbirkorlari potensial hamkorlarni izlash boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qiziqish bildirdi.
Leypsig Savdo-sanoat palatasi vakillari hamkorlik yoʻnalishlari, jumladan, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi aʼzolariga rahbarlik lavozimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, maslahat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha qator takliflarni ilgari surdi.
Uchrashuv yakunida Germaniya tomoniga hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalarini batafsilroq muhokama qilish uchun Berlin shahrida boʻlib oʻtadigan biznes-forumda ishtirok etish taklif qilindi.
SSP matbuot xizmati
20.04.2023
16:47