O‘zbekiston SSP delegatsiyasi "Porsche Leipzi" zavodi va dual ta’lim markaziga tashrif buyurdi
Joriy yilning 19 aprel kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasining “SSPni institutsional rivojlantirish” loyihasi doirasida Germaniyaga tashrifi davomida Porsche Leipzi zavodiga va dual taʼlim markaziga (Leypsig) tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi Porsche avtomobillarini ishlab chiqarish jarayoni, shuningdek, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun oʻquv markazi faoliyati bilan atroflicha tanishdi.
Maʼlumot uchun: "Porsche Leipzi" oʻquv markazi Porsche ustalarini tayyorlashga qaratilgan. Yil davomida 30 nafar oʻquvchi 6 ta yoʻnalish boʻyicha taʼlim oladi. Markazning asosiy vazifasi oʻquvchilarni ishlab chiqarish faoliyatiga koʻnikma va qiziqishlarini oshirishdan iborat.
Hozirda zavodda 4 500 dan ortiq xodim ishlaydi, kuniga 600 nafar Porsche avtomobili, shuningdek, Bentley avtomobillari uchun 5 000 dona romlar ishlab chiqariladi.
Tashrif yakunida tomonlar malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun texnik mutaxassislarning tashrifini tashkil etish orqali dual taʼlim doirasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishdi.
SSP matbuot xizmati
20.04.2023
17:09