Boshlang’ich maktab o'quvchilari uchun bepul taomnoma menyusi ishlab chiqiladi
Joriy yilning 27 may kuni Toshkent shahar hokimligi binosida ketring xizmati bilan faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar ishtirokida 1-dan 4-sinfgacha bo'lgan maktab o'quvchilari uchun bepul, sifatli, yengil, kaloriyaga boy taomnoma menyusini ishlab chiqish maqsadida muhokama va muzokarali tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Bosh vazir o'rinbosari J.Qo'chqorov, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari T.Komilov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining o'rinbosari N.Atabekov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov ishtirok etishdi.
Tadbirda barcha viloyatlardan 40 nafar tadbirkorlar o'zlarining tayyor mahsulotlar namunalarini namoyish etish imkoniga ega bo’lishdi.
SSP matbuot xizmati
29.05.2023
11:08