Buxoroda O‘zbekiston-Turkiya biznes forumi bo‘lib o‘tdi
Turkiyaning «Ostim» sanoat zonasi bosh direktori Adem Ariji boshchiligidagi bir guruh turk kompaniyalari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston-Turkiya tadbirkorlari o‘rtasida qurilish, energetika, tibbiyot, ta’lim va boshqa sohalardagi turk ishbilarmon doira vakillari ishtirokida B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Turk kompaniyalari vakillari o‘zbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini va mintaqa iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Tomonlar qo‘shma korxonalar tashkil etish, sanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Bu tashrif O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.
SSP matbuot xizmati
13.06.2023
11:08