SSP Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari uchun yangi bino foydalanishga topshirildi
O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Ohangaron shahar bo’limi xodimlari uchun yangi bino foydalanishga topshirildi.
Tadbirkorlarga yanada qulaylik va yengillik yaratish, ularni qiynayotgan masalalarda ko’mak ko’rsatish, qolaversa, ish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu bino zamon talablari asosida bunyod qilindi.
Ochilish marosimida Savdo-sanoat palatasining tegishli rahbar va mas’ul xodimlari, mutasaddilar hamda qator tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Marosimi yakunlangach shu paytning o’zida Ohangaron shahridan 10 ga yaqin tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko’rsatildi.
SSP matbuot xizmati
26.06.2023
10:25