Hurmatli tadbirkorlar!
O‘zbekiston va Eron davlatlari iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 5-iyul kuni Toshkent shahrida ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida biznes-forum va “B2B” formatidagi uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga 4-7 iyul kunlari "UzExpoCenter" ko'rgazma markazida Eronlik sanoat ishlab chiqaruvchilarini o'z mahsulotlari namoyishi, ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.
Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad, ikki davlat o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, o‘zaro tovar ayirboshlash va qo‘shma korxonalar sonini oshirishdan iborat.
Ushbu biznes-forumda ishtirok etish istagida bo'lsangiz ushbu telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishishingiz mumkin:
+998909172018
Telegram: https://t.me/sirojiddin_narzikulov
26.06.2023
12:05