Xitoy Xalq Respublikasi bilan tadbirkorlik sohasida o'zaro hamkorlik rivojlanmoqda
Xitoy Xalq Respublikasi Shixetszi shahrining tashqi savdoni rivojlantirish kengashi va Samarqand viloyati Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida tadbirkorlik sohasida hamkorlik bo'yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Joriy yilning 6 iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasi Shixetszi shahrining partiya qo‘mitasi kotibi – Shixetszi shahri Xalq kongressi doimiy qo‘mitasi direktori janob E Hongda boshchiligidagi delegatsiya Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Shixetszi provinsiyasi tadbirkorlari hamda Samarqand viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, eksport va importni yo‘lga qo‘yish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qo‘shma korxonalar ochish bo‘yicha memorandum imzolandi.
SSP Matbuot xizmati
07.07.2023
12:15