SSP Raisi Xorazm viloyati Shovot tumanida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashdi
Joriy yil 8 iyul kuni Xorazm viloyati Shovot tumanida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabovning tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Unda, Shovot tuman hokimi,uning yordamchilari, 60 tadan ortiq tadbirkorlik subyektlari hamda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqarorlari bilan uchrashuv tashkil etilib, 30 yaqin takliflar kelib tushdi. Ular qatorida:
- tikuvchilik va tekstil sohasi boʼlib, boʼsh turgan binolarda “tekstel klaster”ini tashkil etish va asbob-uskunalar olib kelish;
- chorva va parandachilik sohasi boʼlib, chorva va parrandachilik uchun ozuqa yetishtirish uchun yer maydoni ajratish va yem ishlab chiqarishni tashkil etish;
- xizmat koʼrsatish sohasi boʼlib, aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib transport sotib olish hamda transportlarni saqlash uchun bino ajratish.
Shu bilan birga, uchrashuv yakuni bo’yicha Shovot tumanida ipoteka sanoati, tekstel klaster, chorvachilik va ximzat koʼrsatish sohalarini tashkil etishga kelishib olindi.
SSP matbuot xizmati
10.07.2023
12:26