O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Joriy yilning 10 iyul kuni Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov va "H5 Strategies" bosh direktori va asoschisi – Sudan vitse-prezidentining siyosiy maslahatchisi Anton Pisaroglu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi o'zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning muhim strategik masalalari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish va o‘zbekistonlik talabalarning «University of life sciences "King Minai I"»da ta’lim olish borasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ushbu uchrashuvda Yevropa bozori to‘qimachilik sanoati, xususan, Ruminiya bozoriga chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekistonda yirik Yevropa brendlarining to‘qimachilik ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tayyor mahsulotlarni Italiya, Fransiya, Germaniya va Ruminiya bozorlariga eksport qilish bo‘yicha Ruminiya korxonalari bilan hamkorlik qilish rejalarini muhokama qildi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Ruminiyada biznes-forum va B2B uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
SSP matbuot xizmati
10.07.2023
16:53