Arabian MAKE kompaniyasi bosh direktori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Joriy yilning 10 iyul kuni Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov EurAsia Gulf bosh direktori, Arabian MAKE kompaniyasi bosh direktori va Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Fors ko'rfazi mamlakatlari bozorlari bo'yicha maslahatchi Navar Abdul Vohid bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning muhim strategik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Navar Abdul Vohid O‘zbekistonning mahalliy tadbirkorlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidlab, oktyabr oyi oxirida Dubayda ishbilarmon doiralar uchrashuvini tashkil etish istagini bildirdi.
SSP Matbuot xizmati
11.07.2023
11:21