Hurmatli tadbirkorlar!
Savdo-sanoat palatasi 2023 yil 17-19 oktyabr kunlari Turkiyaning Izmir shahrida boʼlib oʼtadigan «FASHION PRIME» koʼrgazmasida ishtirok etish uchun mamlakatimiz toʼqimachilik sanoati korxonalari tarkibidan iborat delegatsiyani shakllantirmoqda.
Koʼrgazma ishtirokchilari kalava iplar, turli xil matolar, yuqori sifatli tayyor kiyim kechaklar kolleksiyalari va aksessuarlar taqdim etadi.
Koʼrgazma haqida batafsil maʼlumot uchun:
https://fashionprime.izfas.com.tr/en
Ushbu ko'rgazma doirasida tadbirkorlar uchun “Hosted Buyer Program” dasturi asosida B2B formatida uchrashuvlar tashkillashtiriladi.
Ushbu dastur afzalliklari: Aviachipta, mehmonxona va transfer xizmatlari ko’rgazma tashkilotchilari tomonidan qoplab beriladi.
“Hosted Buyer Program” dasturida qatnashish uchun quyidagi ilova orqali ro’yhatdan o’ting:
https://online.izmirfair.com.tr
Batafsil maʼlumot uchun:
+998995200520
11.07.2023
11:25