Koreya IT-industriyasini rivojlantirish milliy agentligi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Joriy yilning 17 iyul kuni Savdo-sanoat palatasi va NIPA (Koreya IT-industriyasini rivojlantirish milliy agentligi)ning “K-LAB 3D laboratoriyasi” qo‘shma loyihasi doirasida Savdo-sanoat palatasida Koreya Respublikasi mutaxassislari bilan loyiha komponentini amalga oshirish bo'yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu loyiha 3D-laboratoriyani ishlab chiqish va yangi ish boshlayotgan tadbirkorlar uchun onlayn platformani joriy etishni nazarda tutadi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mehmonlarga Savdo-sanoat palatasi faoliyati va vazifalari to'g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
SSP Matbuot xizmati
19.07.2023
12:42