Budapeshtda O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining 8-yig'ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilish kun tartibiga investitsiya, savdo-iqtisodiy, sanoat, energetika, qishloq, suv xo‘jaligi, ilmiy-texnikaviy, farmatsevtika va qurilish sohalaridagi keng ko‘lamli hamkorlik masalalari asos bo‘ldi.
Ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari ham so‘zga chiqib, muayyan sohadagi hamkorlikning keyingi bosqichlari bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon qildilar.
Tadbirda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Jamshed Urakov ishtirok etdi.
Tadbir yakunida yig'ilish davomida erishilgan kelishuvlar, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari aks ettirilgan O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining 8-majlisi bayonnomasi imzolandi.
SSP Matbuot ximati
28.07.2023
14:35