Budapeshtda O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 27 iyul kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 8-Hukumatlararo komissiya doirasida O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Palata aʼzolari va Vengriya ishbilarmon doiralari oʻrtasida B2B formatidagi uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Biznes-forumda respublikaning farmatsevtika, to‘qimachilik va qurilish sohalarida faoliyat yuritayotgan 20 dan ortiq yirik tadbirkorlari ishtirok etdi.
Savdo-iqtisodiy, sanoat va investitsiya sohalarida hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
SSP Matbuot xizmati
28.07.2023
15:03