Shayxontohur tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazildi
Xabaringiz bor, joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tadbirkorlar bilan navbatdagi "Ochiq muloqoti" o‘tkazilishi kutilmoqda.
Ushbu "Ochiq muloqot" oldidan Toshkent shahar Prokuraturasi, Savdo-sanoat palatasi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkent shahri tumanlarida tadbirkorlar bilan sayyor qabullar o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi.
Uning asosiy vazifalari etib, tadbirkorlarning individual muammolarini joyida o‘rganish, ma’sullarni belgilash hamda tizimli masalalar va ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflarni ekspert guruhlariga kiritib borish belgilandi.
Navbatdagi sayyor qabul Shayxontohur tumani tadbirkorlari bilan o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda 80 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi. Uchrashuvda tadbirkorlik subyektlari tomonidan bildirilgan muammollarni hal qilish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga bir qator topshiriqlar berildi.
SSP Matbuot xizmati
07.08.2023
09:00