Olmazor tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Xabaringiz bor, joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tadbirkorlar bilan navbatdagi "Ochiq muloqoti" o‘tkazilishi kutilmoqda.
Ushbu tadbir oldidan Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahar Prokraturasi, Soliq xizmati bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilib navbatdagi sayyor qabul Olmazor tumanida bo'lib o'tdi.
Tadbirda 80 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi va faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat va takliflar bildirdi.
Tadbir yakunlari bo'yicha tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammo va murojaatlarni tezkor hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
SSP Matbuot xizmati
10.08.2023
11:39