Yoshlar va xotin-qizlarga sertifikat topshirildi
Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Amirqulov tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida tashkil etilgan “Tadbirkorlik asoslari” o‘quv kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar va xotin-qizlarga sertifikatlar topshirildi.
Aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, uning turmush tarzini yaxshilash va bandligini ta'minlash uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar sabab fuqarolarimizni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qiziqishi yildan yilga oshib bormoqda.
Mazkur o‘quv kurslarida xotin-qizlar va yoshlarga ular tanlagan tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy malakalarini shakllantirish bilan birga biznes loyihalarini amalga oshirishda bevosita ko‘maklashishda Palataning va hamkor tashkilotlarning masʼul mutaxassislari biriktirilgan o‘quv kurslari davom etmoqda.
SSP Matbuot xizmati
10.08.2023
11:49